“Oq oltin don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati 2018 yil 30 oktyabrda soat 11:00 da jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazishi to‘g‘risida xabar beradi. Manzil: Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani, Yoshlik qo‘rg‘oni. (veb-sayt:www.oqoltindon.uz e-mail: oqoltindon@inbox.ru.)
KUN TARTIBI:
1.Kuzatuv kengashi tarkibiga saylov o‘tkazish.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida xabar berish uchun aksiyadorlar reestrini shakllantirish sanasi — 2018 yil 16 oktyabr.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reestrini shakllantirish sanasi — 2018 yil 24 oktyabr.
Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish jarayoni 2018 yil 30 oktyabrda “Oq oltin don mahsulotlari” AJ binosida soat 10:30 dan 11:00 gacha o‘tkaziladi.
Aksiyadorlarda ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjat bo‘lishi shart. Aksiyadorlarning vakillarida amaldagi qonunchilikka muvofiq tasdiqlangan inoshch qog‘ozi va ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjat bo‘lishi lozim.