“Oq oltin don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati 2019 yil 16 sentyabrda soat 11-00 da jamiyat majlislar zalida jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazishi to‘g‘risida xabar beradi.
Manzil: Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani, Yoshlik qo‘rg‘oni.
(veb-sayt:www.oqoltindon.uz e-mail: oqoltindon@inbox.ru.)
KUN TARTIBI:
1. Jamiyat kuzatuv kengash raisi A.M.Yuldashev ishdan bo‘shagani sababli uning o‘rniga kompaniya xodimi B.M.Xo‘jamberdievni saylash.
Jamiyat aksiyadorlarining reestri shakllantiriladigan sana – navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishni o‘tkazish to‘g‘risida xabardor qilish uchun aksiyadorlar reestri 2019 yil 26 avgust holatiga va aksiyadorlar navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega jamiyat aksiyadorlarining reestri 2019 yil 10 sentyabr holatiga shakllantiriladi.
Aksiyadorlar o‘zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat-pasport hamda ularning vakillari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari shart (jismoniy shaxslar uchun-notarius tomonidan tasdiqlangan, yuridik shaxslar uchun-mazkur yuridik shaxs tomonidan berilgan).
Aksiyadorlar aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan “Oq oltin don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati ma’muriy binosida tanishishlari mumkin.
Yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish soat 1000 boshlanadi.
Kuzatuv kengashi