“Oq oltin don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati 2020 yil 31 mart kuni soat 10-00 da jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yig‘ilishini o‘tkazishi to‘g‘risida xabar beradi.
Manzil: Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani, Yoshlik qo‘rg‘oni3 uy. (veb-sayt:www//oqoltindon.uz e-mail: oqoltindon@inbox.ru.)
KUN TARTIBI:
1.Sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
2.Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.
3.Jamiyat kuzatuv kengashining 2019 yil yakuni bo‘yicha hisobotini tasdiqlash.
4.Jamiyat ijroiya organining 2019 yildagi faoliyati natijalari va biznes rejasining bajarilishi to‘g‘risida xisoboti.
5.Jamiyat taftishchisining 2019 yil yakuni bo‘yicha hisobotini tasdiqlash.
6. Jamiyatning 2019 yil yakuni bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilotning korporativ boshqaruv tizimini baholash to‘g‘risidagi xulosasini tasdiqlash.
7. Jamiyatning yillik buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotlarni tasdiqlash.
8.2019 yil yakuni buyicha sof foydasini taksimlash va xar bir dona aksiyaga tulanadigan divident mikdorini belgilash.
9.2019 yil moliya-xujalik faoliyati natijalari tekshirishi yuzasidan tashki auditor tomonidan berilgan xulosasi taxlili.
10.Jamiyatning 2020 yilga mo‘ljallangan biznes rejasini tasdiqlash.
11.Jamiyatning o‘rta va uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash.
12.Jamiyat kuzatuv kengashining a’zolarini saylash.
13.Jamiyat taftishchisini saylash.
14.Jamiyat boshqaruv raisi bilan tuzilgan mexnat shartnomasini uzaytirish.
15.Jamiyat boshkaruv a’zolarini tayinlash.
16. Jamiyat balansida mavjud bo‘sh turgan binolar va foydalanishga yaroqsiz, eski texnikalarni belgilangan tartibda sotish.
17. 2019 yil yakunlariga ko‘ra,yig‘ilish kotibi, taftish va sanoq komissiyasi a’zolarini taqdirlash miqdorini belgilash.
Aksiyadorlarning navbatdagi umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida xabar berish uchun aksiyadorlar reestrini shakllantirish sanasi – 2019 yil 09 mart.
Aksiyadorlarning navbatdagi umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reestrini shakllantirish sanasi – 2019 yil 25 mart.
Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish jarayoni 2020 yil 31martda “Oq oltin don mahsulotlari”AJ binosida soat 10:00 dan 10:30 gacha o‘tkaziladi.
Aksiyadorlarda ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjat bo‘lishi shart.
Aksiyadorlarning vakillarida amaldagi qonunchilikka muvofiq tasdiqlangan ishonch qog‘ozi va ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjat bo‘lishi lozim.