“Oq oltin don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdagi umumiy yig‘ilishini 2022 yil 30 mart soat 11-00 da chaqirilishi to‘g‘risida xabar beradi.
Manzil: Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani, Yoshlik qo‘rg‘oni, jamiyat ma’muriy binosi. (veb-sayt: www.oqoltindon.uz e-mail: oqoltindon@inbox.ru.)
YIG‘ILISh KUN TARTIBI:
- Sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
- Aksiyadorllik jamiyatining navbatdagi umumiy yig‘ilishi kun tartibi va reglamentini tasdiqlash.
- Jamiyat kuzatuv kengashining 2021 yil yakuni bo‘yicha hisobotini tasdiqlash.
- Aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil faoliyati yakunlari bo‘yicha Biznes-reja ko‘rsatkichlarini bajarilishi to‘g‘risidagi boshqaruv raisining hisobotini eshitish va tasdiqlash to‘g‘risida.
- Aksiyadorlik jamiyati faoliyatining 2021 yil yakuni buxgalterlik balansi, foyda va zararlari to‘g‘risidagi hisobotni tasdiqlash hamda jamiyatning yil yakuni bo‘yicha olgan sof foydasini taqsimlash to‘g‘risida.
- Aksiyadorlik jamiyati faoliyatining 2021 yil yakunlari bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkazgan tashqi audit xulosasini tasdiqlash to‘g‘risida.
- Taftish komissiyasining 2021 yil yakuni bo‘yicha jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish yakunlariga xulosasini eshitish.
- Korpoartiv boshqaruv Kodeksi talablariga muvofiq jamiyatda 2021 yil yakuni bo‘yicha mustaqil tashkilot tomonidan o‘tkazilgan korporativ baxolash bo‘yicha xulosani eshitish.
- Taftish komissiyasi a’zolari tarkibini saylash to‘g‘risida.
- Kuzatuv Kengashi a’zolarini saylash to‘g‘risida.
- Jamiyat boshkaruvi raisi va boshqaruv a’zolari bilan tuzilgan mexnat shartnomasining amal qilish muddatini 1 yilga uzaytirish to‘g‘risida.
- Jamiyatning 2022 yilga mo‘ljallangan biznes rejasi va jamiyatning o‘rta va uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 avgustdagi PQ-4426-sonli qarori talablariga muvofiq 2021 yil yakuni bo‘yicha boshqaruv raisining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha direktorining hisobotini eshitish va tasdiqlash to‘g‘risida.
- Jamiyatda xaridlar jarayonining shaffofligi, mahalliy mahsulotlarning sifat va narx bo‘yicha belgilangan parametrlarga muvofiqligini hisobga olgan xolda import xaridlarini, shuningdek valyuta resurslaridan samarali foydalanilishi to‘g‘risida tashqi audit xulosasini tasdiqlash.
- 2021 yil yakunlari bo‘yicha jamiyat kuzatuv kengashi va taftish komissiyasi a’zolarini nizomga asosan taqdirlash to‘g‘risida.
Aksiyadorlarning navbatdagi umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida xabar berish uchun aksiyadorlar reestrini shakllantirish sanasi — 2022 yil 7 mart.
Aksiyadorlarning navbatdagi umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reestrini shakllantirish sanasi — 2022 yil 24 mart.
Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish jarayoni 2022 yil 30 martda “Oq oltin don mahsulotlari” AJ ma’muriy binosida soat 10:30 dan 11:00 gacha o‘tkaziladi.
Kuzatuv kengashi