“OQ OLTIN DON MAHSULOTLARI” AJ aksiyadorlari diqqatiga!
“Oq oltin don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini 2022 yil 30 iyun soat 11-00 da chaqirilishi to‘g‘risida xabar beradi.
Manzil: Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani, Yoshlik qo‘rg‘oni, jamiyat maʼmuriy binosi. (veb-sayt: www.oqoltindon.uz e-mail: oqoltindon@inbox.ru.)
YIG‘ILISH KUN TARTIBI:
- Jamiyatning ustav kapitalidagi “O‘zdonmahsulot” AKning aksiyalar paketini ommaviy savdolarga chiqarilishini tashkil etish bo‘yicha “Loyiha ofisi”ni joriy etish va uning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi jamiyat boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimini tashkil etish bo‘yicha jamiyatning tashkiliy tuzilmasiga tegishli o‘zgartirish kiritish hamda tasdiqlash to‘g‘risida.
- Jamiyatning tashkiliy tuzilmasiga kiritilayotgan o‘zgarishlardan kelib chiqib, korxona ichki normativ xujjatlariga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida xabar berish uchun aksiyadorlar ryestrini shakllantirish sanasi — 2022 yil 6 iyun.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ryestrini shakllantirish sanasi — 2022 yil 24 iyun.
Aksiyadorlarni ro‘yxatga olish jarayoni 2022 yil 30 iyunda “Oq oltin don mahsulotlari” AJ maʼmuriy binosida soat 10:30 dan 11:00 gacha o‘tkaziladi.
Kuzatuv kengashi